Habib Siddiq
Habib Siddiq yozuvchi, olim, dramaturg, publitsist va tarjimon 1953-yilda Andijon viloyati Andijon tumanining Bo‘taqara qishlog’ida tug’ilgan. U Andijon paxtachilik institutini (hozirgi agrotexnologiyalar yo‘nalishi) tamomlagan bo‘lib, uzoq yillar davomida shu muassasada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan. Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent sifatida ham faoliyat yuritgan.
U nafaqat olim, balki taniqli hajvchi yozuvchi sifatida ham adabiyotda o‘z o‘rniga ega. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hisoblanadi. 70 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
Habib Siddiq 2002–2011 yillarda “Andijon yoshlari” gazetasida jurnalist sifatida ishlagan. 2013 yildan “Qishloq oqshomi” gazetasiga asos solib, unga muharrirlik qilgan. Shuningdek, Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘limi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan.
Uning ijodi 1980-yillardan boshlangan bo‘lib, asosan hajviya, hikoya, hangoma va miniatyura janrlarida samarali ijod qilgan. Yozuvchi jamiyatdagi kamchiliklar, inson xulqidagi illatlarni yengil kulgi va hajv orqali fosh etib, kitobxonni o‘ylashga undaydi.
Habib Siddiqning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham tan olingan. Uning hajviyalari rus, ingliz, turk, qozoq, qirg’iz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Asarlari asosida teleminiatyuralar va videofilьmlar suratga olingan.
Yozuvchi mamlakat ma’naviy hayotidagi xizmatlari uchun 2007 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Ma’lumot yo‘q
Asarlar yo‘q
Ma’lumot yo‘q